Archive for Август, 2009
Biz ba’zida “amerika ochib bo’lingan, uni o’rganishgina qolgan halos” degan gaplarni eshitib qolamiz… Man bu fikrga umuman qo’shilmiman. Agar vaziyat ta’qazo
etsa yoki inson chin dildan hohlasa har kim har xil ixtirolar qilishi mumkin. Men ham kichkinagina ixtiroyimni namoish qilmoqchiman. Bu (hech qanaqa budilnik uyg’ata olmaydigan darajada) qattiq uhlaydigan talabalar uchun.
buning uchun eski sssr soati kerak bo’ladi.
uxlashdan oldin soatni kerak paytga to’g'irlab,uni burab qo’yasiz va biror ip olib, uni bir tomonini soatga, ikkinchi tomonini biror buyumga bog’lab qo’yasiz. ohirgi ish - kompyuterda biror ashulani qo’yib spyashiy rejimga tushirasiz va kalonkani baland qilib qo’yasiz.
Budilnik chalinayotgan paytda ip o’ralib tortiladi
va ulangan narsa klaviaturani ustiga tushadi va komp. spyashiy rejimdan chiqib qo’ygan ashulangiz yangray boshlaydi. sakrab uyg’onishingizga 100% garantiya…