Dunyodagi barcha insonlarning yuragi juda ham halol mexnat qiladi. Hoh u inson bank direktori bo’lsin hoh oddiygina poyabzal ustasi. Yurak butun umr davomida to’xtovsiz ishlaydi. Barcha organlarga qon yetkazib beradi. Qon orqali barcha organlarga oziqa moddalar, kislorod, har bir organning o’ziga hos garmonlarini yetkazib beradi. Bir sutkada 100 000 martta qisqara oladi. Bu 20 tonna yukni 1 metr balandlikka ko’tarish kuchiga tengdir. Lekin yurak shuncha mehnat qilsa ham 1gr ham qonga hiyonat qilmaydi. O’z hizmat vazifasini suistemol qilmaydi. Hamma qatori, tomirlar olib kelgan qon bilan oziqlanadi Ahir to’yib to’yib oziqlansa ham bo’ladiku! Kim ham bilib o’tiribti deysiz. Unga norozilik bildirishga hech kim jur’at eta olmaydiku…
This entry was posted
on Воскресенье, Январь 3rd, 2010 at 12:50 ПП and is filed under Без рубрики.
You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed.
You can leave a response, or trackback from your own site.
2 comments so far
Leave a reply