Birovga yomon gap gapirib qo’ysak, ko’nglini og’ritsak, nohaq ayblab dilini hira qilsak vijdonimiz qiynaladi. Birovga yomonlik qilish tugul, qo’limizdan kelgan yordamni bera olmasak ham vijdonimiz qiynalib bizni ne kuylarga soladi. Manimcha vijdon atalmish tuyg’uni olloh bizga qilgan nojo’ya ishimiz uchun jazo tariqasida bergan. Bu eng oliy jazodir zero u shunday bir qudratli kuchki uyqumizda ham, ovqatlanishimizda ham yurish turishimizda ham halovat qoldirmaydi. Yuragimizni ezg’ilab ezg’ilab tilka pora qiladi. Qo’l oyoqlarimizga ham hukmronlik qiladi. Bechoralar qaltiragani qaltiragan. Yuzimizga kulgu begona. Ko’zimizdan nur qochib, faqat o’sha vijdonni qiynalishiga majbur qilgan narsalarni ko’radi. Xatto quloqlarimiz ham tinglamay qo’yadi. Nafasni ham erinibgina olamiz, kamiga ahyon ahyonda ho’rsinib ham qo’yamiz. Xech qachon vijdoningizga xilof ish qilmang, aks holda u sizni adoyi tamom qiladi!
This entry was posted
on Воскресенье, Март 21st, 2010 at 11:20 ПП and is filed under Без рубрики.
You can follow any responses to this entry through the RSS 2.0 feed.
You can leave a response, or trackback from your own site.
One comment
Leave a reply